E'lonlar,Yangiliklar

AZIZ PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA TALABA-YOSHLAR BARCHANGIZNI MA’NAVIY-MA’RIFIY HAFTALIK DOIRASIDAGI TADBIRLARDA FAOL ISHTIROK ETISHGA CHORLAYMIZ!

17.10.2026

👁 0 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining O‘zbek tili, tillar va ijtimoiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining 37 yilligi munosabati bilan 19–23-oktabr kunlari ma’naviy-ma’rifiy haftalik tashkil etiladi.

Haftalikdan ko‘zlangan maqsad — o‘zbek tilining nufuzi va mavqeyini yuksaltirish, talaba-yoshlarda ona tiliga hurmat va ehtirom tuyg‘usini mustahkamlash, ularning nutqiy madaniyati, ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirishdan iborat.

📅 HAFTALIK DOIRASIDAGI TADBIRLAR DASTURI

🔹 DUSHANBA — “SAVODXONLIK SARI BIR QADAM”

Ommaviy diktant — talaba-yoshlarning imlo savodxonligi, yozma nutq ko‘nikmalari va davlat tilida to‘g‘ri yozish malakasini mustahkamlashga qaratilgan tadbir.

🔹 SESHANBA — “O‘ZBEK ADABIYOTI DURDONALARI”

She’riyat va adabiyot kechasi — o‘zbek adabiyotining mumtoz va zamonaviy namunalari, shoirlar ijodi hamda ona tilining betakror jozibasini targ‘ib etishga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv.

🔹 CHORSHANBA — “O‘ZBEK TILINI QANCHALIK BILASIZ?”

Til bilimi chellenji — talaba-yoshlarning so‘z boyligi, imlo va grammatik bilimlari, ibora hamda maqollarni qo‘llash mahoratini sinovdan o‘tkazuvchi intellektual bellashuv.

🔹 PAYSHANBA — “TIL VA TAFAKKUR EKRANDA”

Kino kechasi — o‘zbek tilidagi badiiy filmlar orqali milliy qadriyatlar, ma’naviyat, til madaniyati va adabiy til me’yorlarini targ‘ib etishga qaratilgan tadbir.

🔹 JUMA — “O‘ZBEK TILINING NUFUZI VA TARAQQIYOTI”

Davra suhbati — davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rni, o‘zbek tilining nufuzi va mavqeyini oshirish, yoshlar orasida nutq madaniyatini rivojlantirish hamda tilga oid dolzarb masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan muloqot.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com