TALABALAR “SO‘Z YOSHLARGA” TOK-SHOUSIDA ISHTIROK ETDI
24.10.2026 Поделиться👁 12 marta ko‘rilgan
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talaba-yoshlari Qoraqalpog‘iston telekanalining “So‘z yoshlarga” tok-shousiga taklif etildi.
Dasturda xorijiy tillarni o‘rganishning ahamiyati, uning yoshlar ta’limi va kasbiy rivojlanishidagi o‘rni, shuningdek, xalqaro tajribani o‘zlashtirish va zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishdagi imkoniyatlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Ayniqsa, bo‘lajak shifokorlar uchun xorijiy tillarni bilish xalqaro ilmiy manbalarni o‘rganish, ilg‘or tibbiy tajribalar bilan tanishish hamda xorijiy mutaxassislar bilan samarali muloqot qilishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
