Jamoatchilik kengashi
Kengash haqida umumiy maʼlumot
Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti huzuridagi «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha Jamoatchilik kengashi» oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi. Kengash qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi PQ-3837-son qarori, Vazirlar Mahkamasi Prezidiumining 2024-yil 10-dekabrdagi 136-son majlisi bayoni hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 16-dekabrdagi 509-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Institut rektorining 2026-yil 14-yanvardagi 3-son buyrugʻi bilan tashkil etilgan (IJRO.GOV.UZ hujjat kodi: VU78789733).
| Koʻrsatkich | Maʼlumot |
|---|---|
| Tashkil etilgan hujjat | Rektorning 2026-yil 14-yanvardagi 3-son buyrugʻi |
| Nizom | Rektor buyrugʻiga 2-ilova (5 bob, 41 band) |
| Tarkib | Rektor buyrugʻiga 1-ilova — 15 kishi (rais, rais oʻrinbosari, 12 aʼzo, kotib) |
| Kengash raisi | Z.I. Aleuov |
| Kengash kotibi | A.M. Ajiyev |
| Majlislar davriyligi | Yiliga kamida 4 marta (Nizomning 24-bandi) |
| Saytdagi maʼlumotlarni yangilash | Har chorakda (Nizomning 8- va 21-bandlari) |
Boʻlim sahifalari
Aloqa
Manzil: Nukus sh., A. Dosnazarov koʻchasi, 108, Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti
Telefon: +998 61 222-84-36 · Elektron pochta: info@kkmi.uz
Murojaatlar Kengash kotibi (A.M. Ajiyev) orqali qabul qilinadi. Onlayn murojaat: Qayta aloqa.
Maʼlumotlar Nizomning 17- va 21-bandlariga muvofiq har chorakda yangilanib boriladi.