Ona tilim — faxrim!
21.10.2025 ПоделитьсяTil — insoniyatning eng buyuk ixtirosi, xalqning ma’naviy ko‘zgusi va milliy o‘zligini ifoda etuvchi bebaho boylikdir. Har bir xalqning tili — uning tarixiy xotirasi, ruhiyati va tafakkurini aks ettiradi.
Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “O‘zbek tilim — faxrim!” nomli bayram kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institut rektori O.Xalimov ochib berib, o‘zbek tilining buyuk ahamiyatini, uning xalqimizning faxri va g‘ururi ekanligini ta’kidladi. Tadbir davomida yoshlarimizga ona tilining millat ma’naviyati va madaniyatidagi o‘rni, uni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish zaruriyati haqida ibratli fikrlar bildirildi.
Bayram kechasida talabalar tomonidan she’rlar, sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Har bir satrda, har bir kuyda — ona tilimizga bo‘lgan mehr, faxr va ehtirom yurakdan yurakka yetib bordi.
💫 Bu tadbir nafaqat til bayrami, balki milliy qadriyatlarimiz, madaniyatimiz va o‘zligimizni ulug‘lovchi ma’naviy kecha bo‘ldi.
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook📹 YouTube









