1-KURS TALABALARI O‘RTASIDA IJODIY TANLOVLAR O‘TKAZILDI
15.09.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 1-kurs talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy qobiliyat va iste’dodlarini namoyon etishlari uchun turli yo‘nalishlarda tanlovlar tashkil etildi.
Tanlovlar quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi:
🎨 “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida “O‘zbekiston yoshlar nigohida” mavzusida rasmlar tanlovi;
📝 “Ona Vatanimning buyuk farzandlari”, “O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman”, “Vatanga xizmat qilish — buyuk maqsadim” mavzularida maqolalar tanlovi;
🎤 “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovi;
📸 “Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi.1-kurs talaba-yoshlari o‘z qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib, mazkur yo‘nalishlarda faol ishtirok etdilar.
Tanlovlar yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va yurtga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratildi.









