Yangiliklar

2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot…

02.07.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi tashabbusi bilan institutning yosh tyutor va xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

🔹 Ushbu bilimdonlar bellashuvi ishtirokchilarning huquqiy, madaniy va tarixiy bilimlarini mustahkamlash, jamoaviy hamkorlikni kuchaytirish va intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

️ 🧠 Qizg‘in va kuchli raqobat, tezkor fikrlash, jamoalarning topqirligi hamda zehn tezligi tadbirga yuqori kayfiyat bag‘ishladi. Zakovat ishtirokchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini va ishtiyoqini yanada oshirdi.

🏅Tadbir yakunida faol va bilimdon ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Bu esa ularni yanada ruhlantirdi va kelgusidagi faol ishtiroklarga rag‘bat bo‘ldi.

📚 Bunday tadbirlar yosh mutaxassislar o‘rtasida intellektual muhitni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com