2027-YIL UCHUN TAYANCH DOKTORANTURAGA (PhD) QABUL E’LON QILINADI
26.09.2026 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot instituti 2027-yil uchun tayanch doktorantura (PhD)ga qabul jarayonlarini e’lon qiladi.
📅 Hujjatlar 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha qabul qilinadi.
📌 Qabul qilinadigan ixtisosliklar:
🔹 14.00.01 — Akusherlik va ginekologiya — 2 ta o‘rin;
🔹 14.00.09 — Pediatriya — 2 ta o‘rin;
🔹 14.00.27 — Xirurgiya — 2 ta o‘rin.
📑 Talab etiladigan hujjatlar:
• ariza;
• 3.5-shakldagi ma’lumotnoma;
• ishlayotgan nomzodlar uchun mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
• magistratura yoki klinik ordinaturani tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom hamda oliy ma’lumot diplomi nusxalari;
• ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari — kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis;
• pasport nusxasi;
• Prezident yoki davlat stipendiyasi sohibi ekanligini tasdiqlovchi hujjat (mavjud bo‘lsa);
• xorijiy til bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikat.
📲 Hujjatlar PDF shaklida daraja.ilmiy.uz elektron tizimi orqali 2026-yil 15-oktabrga qadar topshiriladi.
📞 Murojaat uchun: Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi
+998 97 355 19 72
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Matbuot xizmati
