Akademik halollik va odob-axloq — muhim mezon
15.09.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talabalar ishtirokida “Akademik halollik va Odob-axloq kodeksi” mavzusida ma’rifiy seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida talabalarga Akademik halollik qoidalari va Odob-axloq kodeksining asosiy talablari, ta’lim jarayonida halollik, adolat va shaffoflik tamoyillariga rioya etish, qoidabuzarlik holatlarida ko‘riladigan choralar haqida tushuntirish berildi.
Shuningdek, muammoli holatlarda murojaat qilish tartibi, institut hududidagi 4 ta “Adolat qutichasi” va ulardan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining Telegram murojaatlar boti orqali murojaat yuborish tartibi ham tushuntirildi.



