“Atrof-muhit va Orolbo‘yi xalqining salomatligi” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
25.10.2025 Поделиться
2025-yil 24–25-oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot yili” munosabati bilan “Atrof-muhit va Orolbo‘yi xalqining salomatligi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Xalqaro miqyosda o‘tkazilgan mazkur anjumanda xorijiy davlatlar va respublikamizning yetakchi olimlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Konferensiya davomida atrof-muhit muhofazasi, Orolbo‘yi hududida ekologik vaziyatning aholi salomatligiga ta’siri, tibbiyot va ekologiya sohalaridagi zamonaviy ilmiy yondashuvlar hamda dolzarb muammolar yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tinglandi.
Tadbir ilmiy tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va Orolbo‘yi hududida aholi salomatligini yaxshilashga qaratilgan ilmiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.



