“Ayollar reproduktiv salomatligi: dolzarb muammolar va yechimlar”
25.04.2026 Поделиться
Kunning ikkinchi yarmida “Ayollar reproduktiv salomatligi: dolzarb muammolar va yechimlar” mavzusidagi konferensiya doirasida tibbiyotning turli yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan olimlar, yosh tadqiqotchilar guruhlar bo‘lingan holda o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Tadbir davomida sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislari tibbiyotning turli yo‘nalishlariga oid dolzarb masalalar, jumladan bolalar salomatligi, endokrinologiya, ginekologiya, nafas olish tizimi kasalliklari hamda zamonaviy tibbiyot yondashuvlari yuzasidan o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Majlis yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, muhim tibbiy muammolar yuzasidan faol munozaralar olib bordi hamda tegishli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.




