“Besh tashabbus olimpiadasi” institut chempioni aniqlandi!
12.11.2025 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida kelgusida sportni rivojlantirish va Ichki terma jamoani shakllantirish maqsadida kichik futbol musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Qizg‘in kechgan final bahsida I-tibbiyot fakultetining “Stom 4-kurs” jamoasi 5:3 hisobida g‘alaba qozonib, institut chempioni bo‘ldi!
Musobaqa davomida “Stom 4-kurs” jamoasi 7 o‘yinda 7 g‘alaba bilan mutlaq natija ko‘rsatdi — 18 ta gol urib, atigi 5 gol o‘tkazgan. Ushbu chempionat nafaqat sport musobaqasi, balki iqtidorli, jismonan baquvvat va g‘alabaga intiluvchan talabalarni kashf etish maydoniga aylandi.
G‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz!
Sog‘lom turmush tarzi, jamoaviy ruh va g‘alabaga ishonch — bizning talabalarimiz timsolida!
▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube
