Yangiliklar

«Biz Orol bilan birgamiz» eko marafoni davom etmoqda

23.05.2026

«Biz Orol bilan birgamiz» eko marafoni davom etmoqda

Orol dengiziga poyezd» yoshlar ekologik aksiyasi doirasida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari Mo‘ynoq tumanida tashkil etilgan ekologik va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etmoqda.

Safar davomida yoshlar Orol dengizi hududining bugungi ekologik holati bilan yaqindan tanishdilar.

Hududlarda amalga oshirilayotgan tiklash ishlari, yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha loyihalar ham ko‘zdan kechirildi.

Bunday tadbirlar Orol fojiasining oqibatlariga e’tibor qaratish, yoshlarni tabiatni asrashga chorlash hamda yashil kelajak sari birgalikda harakat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com