Bolalarga Prezident sovg‘alari topshirildi
25.12.2025 ПоделитьсяBugun, 25-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasida bolajonlarga quvonch ulashgan, mehr va e’tiborga boy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda klinikada davolanayotgan hamda “Mehrli maktab”da ta’lim olayotgan bolalarga Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi M.Atamuratov, Madaniyat vaziri B.Temirbayev, institut rektori O.Xalimov, shuningdek Ijtimoiy himoya qilish agentligi xodimlari ishtirok etdi. Mehmonlar bolajonlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklab, har bir bola davlatimiz rahbarining doimiy e’tibori va g‘amxo‘rligida ekanini alohida ta’kidlashdi.
Ma’lumki, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasida “Zamin” fondi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Mehrli maktab” filiali samarali faoliyat yuritmoqda. Ushbu maskanda uzoq muddat davolanishga muhtoj, onkogematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalar davolanish bilan bir vaqtda ta’lim va tarbiya olish imkoniyatiga ega.
Bolalar uchun qulay sinf xonalari, maxsus o‘quv sharoitlari yaratilgan bo‘lib, ta’lim jarayoni reabilitatsiya bilan uyg‘un holda, ota-onalar ishtirokida olib boriladi.
🎄 Bayram tadbiri doirasida bolalar Yangi 2026-yil uchun orzu-umidlarini izhor etishdi. Archa atrofida Qorbobo va Qorqiz, ertak qahramonlari hamda raqamlashgan zamonga mos sahna ko‘rinishlari ishtirokidagi qiziqarli tomoshalar bolalarga unutilmas bayramona kayfiyat ulashdi.
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube









