Bugun 7-sentabr kuni Qoraqalpog’iston tibbiyot institutida 2026–2027-o’quv yilining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
07.09.2026 Поделиться
Tadbir O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasining Davlat madhiyalari ijrosi bilan boshlandi.
Tadbirda institut rektori O. Xalimov nutq so’zlab, yangi o’quv yilini boshlayotgan talaba-yoshlarni samimiy tabrikladi hamda mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ezgu tilaklarini bildirdi.
Joriy o’quv yilida institutga 365 nafar abituriyent o’qishga qabul qilindi. Hozirgi kunda muassasada 18 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.
Tantanali marosim davomida eng yuqori ball to’plab, davlat granti asosida o’qishga kirgan talabalarga guvohnomalar topshirildi.
Shuningdek, ota-onalar ham so’zga chiqib, farzandlarining oliy ta’lim maskaniga qabul qilinganidan mamnunligini bildirdilar va o’z ezgu tilaklarini izhor etdilar.
















