Bugun – muhim kun!
18.04.2025 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 🗓 2025-yil 18-aprel kuni o‘tkazilayotgan:
▪️ «Yuqumli kasalliklarni davolash va oldini olishning zamonaviy masalalari» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
va 🌿 «Tibbiy ekologiya» I xalqaro talabalar olimpiadasi
oldidan tayyorgarlik ishlari avjida!
📚 Ilmiy tadqiqotlar, taqdimotlar, interaktiv munozaralar va intellektual bellashuvlar – barchasi bugungi kunning ajralmas qismiga aylanmoqda. Institut binosi ilm, tajriba va ilhom bilan to‘lmoqda!
💬 Bu anjuman nafaqat tibbiy sohadagi dolzarb muammolarni muhokama qilish, balki sog‘liqni saqlash tizimini zamonaviylashtirish yo‘lida amaliy qadamlar tashlash uchun katta imkoniyatdir.
Talabalar, yosh olimlar, mutaxassislar – barchasi bir maqsadda: xalq salomatligi yo‘lida ilmni amaliyotga tatbiq etish uchun birlashmoqda!
📸 Biz bilan qoling – konferensiya va olimpiada jarayonidan eng qiziqarli lahzalar, natijalar va g‘oliblar haqida tez orada bo‘lishamiz!
▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube






