«Burch, jasorat, matonat» – uch avlod uchrashuvi
23.04.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida «9-may — Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan «Burch, jasorat, matonat» shiori ostida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirni institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Z.Aleuov ochib berdi va olib bordi. Tadbir davomida yurtimizda katta jasorat va matonat namunasini ko‘rsatgan insonlarni xotirlash, ularning ibratli hayot yo‘lini yosh avlodga yetkazish muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug Nuroniylar kengashi raisi, iste’fodagi podpolkovnik A.Yusupov, mazkur kengash raisi o‘rinbosari, iste’fodagi mayor D.Allamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi Nuroniylar kengashi a’zosi, iste’fodagi mayor A.Xojanyazov hamda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi 37501-harbiy qism xizmatchisi, kapitan J.Ibragimovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.






