Buxoro davlat tibbiyot institutida xalqaro forum o‘tkazildi
09.09.2025 Поделиться✅ Buxoro davlat tibbiyot institutida Abu Ali ibn Sino tavalludining 1045 yilligi va ushbu o‘quv yurti tashkil topganining 35 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro tibbiy forum hamda tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rektorlarining navbatdagi rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🗺 Unda yurtimiz vakillaridan tashqari, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Turkiya, Janubiy Koreya, Polsha, Tojikiston kabi mamlakatlardan olimlar va rektorlar ishtirok etdi.
💐 Dastlab bo‘lajak shifokorlarning an’anaviy qasamyod qabul qilish tadbiri Peshku tumanidagi Afshona qishlog‘ida, ulug‘ alloma haykali poyiga gul qo‘yish marosimi doirasida o‘tkazildi.
🖋 Shundan so‘ng institutda xalqaro forum o‘z ishini boshladi. Uning ochilishida Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev va boshqalar so‘zga chiqdi.
🗣 Qayd etilganidek, ayni paytda oliy o‘quv yurtida 10 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Ularning qariyb 2 ming nafari 20 dan ziyod xorijiy mamlakatlardan kelgan yoshlardir.
➡️ Oxirgi yillarda institutda zamonaviy simulyatsion markazlar, yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyalar va elektron kutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ta’lim tizimi to‘liq raqamlashtirildi.
📌 Talabalar uchun ingliz, xitoy, turk, rus va boshqa tillarda maxsus darslar tashkil etilgani ham ta’lim jarayonining xalqaro standartlarga uyg‘unlashuvida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
📍 Qolaversa, institut tomonidan AQSH, Xitoy, Turkiya, Janubiy Koreya, Hindiston va boshqa mamlakatlarning yetakchi universitetlari bilan memorandum hamda hamkorlik shartnomalari imzolangan.
🔎 Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rektorlarining navbatdagi rayosat yig‘ilishida esa nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini yanada oshirish, professor-o‘qituvchilar malakasini yuksaltirish, klinik bazalarda ta’lim sifatini yaxshilash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
✔️ Rayosat yig‘ilishini Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rektorlari kengashi raisi Jasur Rizayev olib bordi.
‼️ Tadbir yakunida tibbiyot oliygohlari o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma dasturlar ishlab chiqish va o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
➕ Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
📱 @ssvuz |📱 @ssvmatbuotkotibi | 📱 Facebook |📱 Instagram







