CHET ELLIK TALABALAR O‘RTASIDA O‘ZBEK TILIDAN OLIMPIADANING INSTITUT BOSQICHI O‘TKAZILDI
02.10.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida chet ellik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan Respublika olimpiadasining institut bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Olimpiada davomida ishtirokchilarning o‘zbek tilini bilish darajasi, o‘qib tushunish, leksik-grammatik bilimlari hamda yozma nutq ko‘nikmalari belgilangan mezonlar asosida baholandi.
Olimpiada yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rinni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi, Turkmaniston Respublikasi fuqarosi Kulnazarova Haticha egalladi.
Olimpiada g‘olibi Kulnazarova Hatichaga Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma berildi.
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Kulnazarova Hatichani ushbu muvaffaqiyati bilan samimiy muborakbod etadi hamda Respublika bosqichida ham munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishishini tilaydi.
