Yangiliklar

Donor bo‘lish – xayrli ish!

30.05.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti va talaba yoshlar beg‘araz donorlik madaniyatini shakllantirish hamda donorlik harakatini rivojlantirish maqsadida «Men donorman» nomli beg‘araz donorlik aksiyasini tashkil etdi.

Ushbu aksiyada talabalarga donorlikning ahamiyati va inson organizmi uchun foydalari haqida tushuntirib berildi.

Donorlik bu — ikkinchi bir insonning hayotini saqlab qolishda nihoyatda muhim amaldir.

Aksiyada talabalar va institut xodimlari faol ishtirok etdi.

📜 Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-apreldagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–131-sonli Farmoni ruhida amalga oshirilmoqda.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com