“DO‘STLIK FESTIVALI” DOIRASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI
09.10.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “Do‘stlik festivali” doirasida talaba-yoshlarning intellektual salohiyati, mantiqiy fikrlashi va bilimlarini namoyon etishiga qaratilgan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvda jamoalar o‘z bilimlari, topqirligi hamda jamoaviy hamkorligi bilan ishtirok etdilar.
🏆 Yakuniy natijalar:
🥇 I o‘rin — “Bermud” jamoasi — 12 ball
🥈 II o‘rin — “Intizom” jamoasi — 11 ball
🥉 III o‘rin — “Vega” jamoasi — 11 ball
Mazkur intellektual bellashuv talaba-yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirishga xizmat qildi.


