Yangiliklar

“ENG YAXSHI OLIY TA’LIM IXTIROCHISI”TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI!

24.09.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining iqtidorli va tashabbuskor talabalari “Eng yaxshi oliy ta’lim ixtirochisi” tanlovining Respublika bosqichida munosib ishtirok etmoqda!

Tanlovning asosiy maqsadi — oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, innovatsion g‘oya va ixtirolarini qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliyotga joriy etish hamda yoshlarni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etishdan iborat.

Institutimiz sharafini himoya qilayotgan talabalar:
Kongratbayeva Nazokat- Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
Usnatdinova Dilfuza-Sog’liqni saqlash,tibbiyot va mehnat muhofazasi yo’nalishlarida ishtirok etmoqda.

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti nomidan yosh ixtirochilarimizga Respublika bosqichida omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com