Yangiliklar

FIKR, DALIL VA MUNOZARA MAYDONI!

21.09.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari ishtirokida “Munozara” respublika turnirining oliy ta’lim tashkiloti bosqichi o‘tkaziladi.

Turnir davomida ishtirokchilar dolzarb mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini asosli dalillar bilan ifoda etib, jamoaviy bahs va munozara olib borish ko‘nikmalarini namoyon etadilar.

Turnir mavzusi:
“Sun’iy intellekt insoniyat uchun xavf tug‘diradi”
Mazkur mavzu doirasida sun’iy intellektning imkoniyatlari va ehtimoliy xavflari, uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda kelajakdagi ta’siri yuzasidan turli nuqtayi nazarlar muhokama qilinadi.

Turnir ishtirokchilar uchun o‘z fikrini erkin ifodalash, dalillar asosida bahslashish va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com