Gender tenglik — inson qadri
02.10.2026 Поделиться
Joriy yilning 2-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha psixolog M. Ismailova hamda 2-tibbiyot fakulteti tyutori F. Mamutova tashabbusi bilan talaba-yoshlarning huquqiy va ijtimoiy dunyoqarashini kengaytirish, gender tenglik tamoyillari bo‘yicha bilim va tushunchalarini mustahkamlash maqsadida “Gender tenglik — inson qadri, adolat va taraqqiyot mezoni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida gender tenglik tushunchasi, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, gender stereotiplari va ularning yoshlar hayotiga ta’siri, shuningdek, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarning huquqiy asoslari haqida fikr almashildi.
Shuningdek, talaba-yoshlar bilan interaktiv savol-javob va fikr almashish jarayonlari tashkil etilib, ularning mavzu yuzasidan fikr va qarashlari tinglandi.


