Germaniyali professor institutga kelib ma’ruza o‘qidi
01.05.2025 ПоделитьсяXabaringiz bor, Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Xalqaro aloqalar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Institutga chet ellik professorlarni jalb qilish orqali amalga oshirilayotgan akademik mobillikdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro tajriba almashinuvi, ilmiy hamkorlik va talabalarga xalqaro standartlarga mos bilim berish umuman olganda, bu tashabbus Institutning rivojlanish strategiyasida muhim bosqich bo‘lib, raqamli va global tibbiy ta’limga moslashishga xizmat qiladi.
Bugun, 1-may sanasida Germaniyali Dirk Dressler, Gannover tibbiyot instituti, Nevralogiya kafedrasi, Harakat buzilishlari bo’limi mudiri, IAPRD Germaniya bo’limi rahbari, professor institutimizga tashrif buyurdi.
Dastlab professor institut v.b rektor Olimboy Xalimov bilan uchrashdi va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
So‘ngra, Institutning Davolash ishi va Pediatriya yo‘nalishlarining 5-kurs talabalariga Nevrologiya fanidan ma’ruza o‘qidi.
▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube




