G‘OLIBLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI
19.08.2026 Поделиться
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talabalar o‘rtasida zakovat intellektual o‘yini, rasmlar tanlovi, shaxmat, shashka, basketbol hamda stol tennisi musobaqalari o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etgan talaba-yoshlar Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti tomonidan diplomlar bilan taqdirlandilar.
Sport, intellektual va ijodiy yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishgan g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. Tadbirlar davomida talaba-yoshlarning sport mahorati, intellektual salohiyati hamda ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratildi.



