Hurmatli Matbuot va Ommaviy axborot vositalari xodimlari!
27.06.2025 ПоделитьсяSizlarni bugungi 27-iyun – «Matbuot va Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» kasb bayramingiz munosabati bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti va o‘z nomimdan samimiy tabriklayman.
Sizlarning yurtimizda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy o‘zgarishlar va yangilanishlar, yechimini kutayotgan masalalar, xalqimizning yorqin kelajagi yo‘lida olib borayotgan bunyodkorlik ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Doimiy izlanishni talab etadigan bunday mashaqqatli va mas’uliyatli ishda sizlarning bilim va tajribangizga, fidoyiligingiz va jonkuyarligingizga qat’iy ishonamiz.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga omonlik, fayzu baraka, ijodiy ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz.
Hurmat bilan,
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori O.Xalimov
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube
