Hurmatli Umid Murodov!
20.08.2025 ПоделитьсяSiz o‘z hayotingizni insonlar salomatligiga, ayniqsa, tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalar taqdiriga bag‘ishlagan buyuk shifokor, yurak jarrohisiz. Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasida amalga oshirgan bepul yuzlab muvaffaqiyatli operatsiyalaringiz orqali minglab ota-onalarga umid, farzandlarga sog‘lom kelajak in’om etdingiz.
Sizning insonparvarligingiz, mehr-muruvvatingiz va shijoatingiz sabab ko‘plab bemorlar nafaqat sog‘ligiga erishdi, balki hayotga bo‘lgan ishonchi va kuchini qayta topdi. Siz ular uchun shifokordan tashqari bir oila a’zosi, haqiqiy to‘g‘ishgan akasidek yaqin kishiga aylandingiz.
Bugun, 44 yoshingizning shu qutlug‘ ayyomida Sizni Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti jamoasi va Sizning «mohir qullaringiz»dan shifo topgan minglab bemorlar hamda ularning yaqinlari nomidan chin qalbdan tabriklaymiz!
Sizga sog‘liq-salomatlik, uzoq umr, qut-baraka, yuksak ilmiy va amaliy faoliyatingizda yanada katta yutuqlar tilaymiz. Yuraklarga shifo, ko‘ngillarga umid bag‘ishlovchi xizmatlaringiz doimo samarali va bardavom bo‘lsin!
Tug‘ilgan kuningiz muborak, aziz shifokor!
Bugungi jarrohlik amaliyotlaridan olingan fotolar.
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook📹 YouTube



