Yangiliklar

Ijara uylarda yashayotgan talabalarning sharoitlari o‘rganildi

12.10.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti II-tibbiyot fakultetida ijara uylarida yashayotgan talaba-yoshlarning yashash sharoitlarini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish ishlari fakultetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A. Menlimuratov hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N. Jienbaeva tomonidan amalga oshirildi.

Jarayon davomida talabalarga uy egalari bilan o‘zaro hurmat va yaxshi munosabatda bo‘lish, mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida qatnashish, institutning ichki tartib-qoidalariga rioya etish, yashash joyida tozalik va tartibni saqlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish, elektr jihozlari va isitish moslamalaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com