“Ijod zavqi”
11.09.2026 Поделиться
Bugun Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, milliy hunarmandchilik va ijodkorlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Ijod zavqi” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut prorektori Z. Aleuov, yurtimizga xizmat ko‘rsatgan hunarmand, “Do‘stlik” ordeni sohibasi B. Qunnazarova hamda Hunarmandlar uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi mutaxassisi Z. Sultamuratovalar ishtirok etdi.
Tadbirni institut prorektori Z. Aleuov ochib berib, o‘z so‘zida Prezidentimiz tomonidan yoshlar, xususan, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, ijodkorlar va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida ta’kidladi.
Tadbir davomida milliy hunarmandchilikning o‘ziga xos jihatlari, ijodkorlikning inson hayotidagi o‘rni hamda yoshlarning ushbu yo‘nalishdagi qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari haqida fikr almashildi.




