Yangiliklar

Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha seminar

13.08.2025

👁 5 marta ko‘rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarni Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlar bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshligi Sh. Jiemuratova olib bordi. U farmonning mazmun-mohiyatini, ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni, hamda davlat hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha xodimlarning mas’uliyatini batafsil tushuntirib berdi.

✅ Seminarda institut xodimlariga:

• Ijro intizomini ta’minlashning yangi mexanizmlari;

• Nazorat va monitoring tizimidagi o‘zgarishlar;

• “ijro.gov.uz” platformasi orqali ishlash tartibi;

• Sun’iy intellekt texnologiyalari orqali nazorat imkoniyatlari haqida tushunchalar berildi.

📌 Tadbir yakunida xodimlar o‘z faoliyatida farmon talablarini amalda qo‘llash va ijro intizomini yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.

✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com