“Ilm yulduzlari” tanlovida munosib ishtirok!
11.10.2025 Поделиться2025-yil 11-oktyabr kuni O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima ayollar” uyushmasi tomonidan iqtidorli, ilmga chanqoq va fidoyi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Ilm yulduzlari” intellektual ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli tanlovda Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining yosh izlanuvchisi, magistrant Andirbayeva Gavhar faol ishtirok etdi va ilmiy bilim hamda tafakkuri bilan hakamlar hay’atini lol qoldirdi.
🏅 Tanlov natijasiga ko‘ra, u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Eng zukko va topqir ishtirokchi” nominatsiyasiga loyiq deb topildi.
🔬 Bu yutuq — yosh olima qizimizning ilm-fanga sadoqati va intilishining yorqin ifodasidir.
🎓 Andirbayeva Gavharni samimiy muborakbod etamiz! Ilm yo‘lida shijoat bilan harakat qilib, yanada yuksak marralarni zabt etishini tilaymiz! ✨
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook📹 YouTube


