ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
28.08.2026 Поделиться
Bugun Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida navbatdagi Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga institut rektori O.Xalimov raislik qildi.
Yig‘ilishda institutning 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, amalga oshirilayotgan ishlar hamda yangi o‘quv yilini belgilangan talablar asosida boshlashga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi.
Xususan, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida o‘quv binolari va auditoriyalarning holati, ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘quv-uslubiy hujjatlarni tayyorlash, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar uchun zarur sharoitlarni yaratish, moddiy-texnik bazani takomillashtirish, talabalar turar joylarining tayyorgarlik holati hamda talabalarni yangi o‘quv yiliga qabul qilish va joylashtirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.








