Inson kapitali — kelajak taraqqiyotining muhim omili
15.09.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talaba-yoshlari uchun yangi o‘quv yilining dastlabki kunlarida “Mustaqillik saboqlari” rukni ostida navbatdagi “Kelajak soati” tashkil etildi.
“Inson kapitali nima va nima uchun muhim?” mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulot 2-tibbiyot fakulteti dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar tomonidan o‘tkazildi.
Dars davomida inson kapitalining mazmun-mohiyati, uning jamiyat va davlat taraqqiyotidagi o‘rni, shuningdek, ta’lim, ilm-fan, kasbiy mahorat, sog‘lom dunyoqarash va zamonaviy ko‘nikmalarning inson salohiyatini rivojlantirishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan mashg‘ulotda talaba-yoshlar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, inson kapitalini rivojlantirishning kelajakdagi kasbiy faoliyat va jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyatini muhokama qildilar.



