Institut vakillari “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
30.09.2026 Поделиться
Bayram tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim sohasida samarali faoliyat yuritib, oliy ta’lim tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti vakillarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Taqdirlash marosimida institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Zayir Aleuov hamda Tibbiy biologiya va mikrobiologiya kafedrasi mudiri Roza Narimbetovalarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur e’tirof ularning oliy ta’lim tizimidagi samarali mehnati, ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda yoshlar bilan ishlash borasidagi faoliyatining munosib e’tirofi bo‘ldi.


