Institututda ilmiy faoliyatning samaradorligini oshirishga qaratilgan monitoring ishlari olib borilmoqda
08.05.2025 Поделиться2025-yil 8-may kuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalarining borishi yuzasidan monitoring ishlari o‘tkazilmoqda.
📌 Monitoring doirasida:
• Davlat buyurtmasi asosida moliyalashtirilayotgan ilmiy loyihalarning ijro holati;
• Loyihalarda ishtirok etuvchi tadqiqotchilarning faollik va samaradorlik darajasi;
• Xorijda ilmiy stajirovka o‘tagan yosh olimlarning keyingi ilmiy faoliyati;
• Ilmiy tadqiqotlar uchun sotib olingan asbob-uskunalardan foydalanish holati batafsil o‘rganildi.
✅ Ushbu monitoring tadbirlari ilmiy loyihalarning aniq va maqsadli amalga oshirilishi, tadqiqotchi kadrlarning samarali faoliyat yuritishi hamda innovatsion infratuzilmaning to‘g‘ri yo‘naltirilishiga xizmat qiladi.


