Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari poytaxtimiz bo‘ylab tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy ekskursiya doirasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.
Mazkur markaz Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan bo‘lib, yurtimizning boy tarixiy, madaniy va ilmiy merosini zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirgan noyob ilmiy-ma’rifiy majmua sifatida alohida ahamiyatga ega.
Tashrif davomida ishtirokchilar interaktiv ko‘rgazmalar, tarixiy artefaktlar hamda multimedia ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishib, O‘zbekistonning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida keng tasavvurga ega bo‘ldilar.