Ixtirochilik va startap loyihalar: yangi imkoniyatlar va istiqbollar
03.10.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Innovatsion rivojlanish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassisi E.Abdiganiyev ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga startap loyihalarni shakllantirish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, shuningdek, yoshlar va talabalar uchun mavjud bo‘lgan turli startap tanlovlari va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Xususan, “Bo‘lajak olim”, “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” hamda boshqa startap va innovatsion tanlovlarning maqsadi, ishtirok etish tartibi, loyiha tayyorlash talablari va yaratilgan imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, seminar davomida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining iqtidorli talabalari Kongratbayeva Nazokat Baxramovna va Usnatdinova Dilfuzaning “Eng yaxshi oliy ta’lim ixtirochisi” respublika tanlovida 3-o‘rinni egallaganliklari alohida e’tirof etildi.
Mazkur natija institutning iqtidorli yoshlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot, ixtirochilik va innovatsion faoliyatning muhim samarasi bo‘lib, nafaqat Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun ham katta yutuq ekanligi ta’kidlandi.


