Yangiliklar

Jaholatga qarshi — ma’rifat bilan kurashamiz!

12.09.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlar ongida ma’naviy immunitetni mustahkamlash, ularni turli zararli g‘oya va yot ta’sirlardan himoya qilish maqsadida keng qamrovli ochiq muloqot tashkil etildi.

🔹 Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi N. Jamalov, institut rahbarlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar faol ishtirok etishdi.

🔹 Muloqot davomida bugungi globallashuv sharoitida yoshlarni ekstremizm va radikalizm ta’siridan asrashda ma’rifatning o‘rni, inson qadri va huquqlarining ustuvorligi, yoshlar ongini ijobiy g‘oyalar bilan boyitish masalalari keng muhokama qilindi.

🎤 So‘zga chiqqan institut rektori maslahatchisi A. Allaniyazov, birinchi prorektor Z. Aleuov hamda kafedra o‘qituvchisi T. Pirniyazova yoshlarni bag‘rikenglik, mehr-oqibat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur anglashga da’vat etuvchi ta’sirchan ma’ruzalar bilan ishtirok etdi.

🤝 Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni mutaxassislarga yo‘llab, atroflicha javob olishdi. Suhbat samimiy, ochiq va iliq ruhda o‘tib, barcha ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.

📌 Ushbu tadbir yoshlarimizda huquqiy madaniyatni oshirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish va eng muhimi — jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan kurashish mumkinligini yana bir bor ta’kidladi.

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com