“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT BILAN KURASHAMIZ”
03.10.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan talabalar turar joyida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashamiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlarga jaholat va turli yot g‘oyalarning salbiy ta’siri, ma’rifatning inson hayotidagi o‘rni, mustaqil fikrlash va axborotdan to‘g‘ri foydalanish masalalari haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik va ilm olishga intilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr almashdilar.


