Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari

Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari

Oila tibnbiyoti va ichki kasalliklar kafedrasi talabalar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarda faol ishtirok etmoqda. Bu faoliyatning asosiy maqsadi bo‘lajak shifokorlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni, vatanparvarlik, insonparvarlik, bemorga hurmat va jamiyatga xizmat qilishga tayyorlik tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat.

Kafedramiz mudiri t.f.d. Ermekbaeva Аqbal Urdabaevna institut maʼnaviy-maʼrifiy ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Kafedramizda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora tadbirlar toʼgʼrisida 2124-sonli qaroridan kelib chiqqan holda mazkur qarorning 41-bandi boʼyicha OTMlarda amalga oshirilgan ishlarga muvofiq yoshlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, OITS kasalligi giyohvandlik, ichkilikbozlik va tamaki chekish kabi illatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarda o’tkazildi.

Taxiatosh tuman oilaviy poliklinikalarida kafedra xodimlari bilan birgalikda tibbiy koʼrikdan oʼtkazib, kasalliklarning oldini olish buyicha targʼibot ishlarini olib bordi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 iyl 12 noyabrь Birlamchi tibbiy sanitariya muassalarida faol olib borilayotgan PF-6110 sonli farmonining ijrosi maqsadida aholi oʼrtasida salomatlik va kasallanish koʼrsatkichlari tugʼrisida tushuntirish ishlari olib borildi. Аholi oʼrtasida xatlov antropometriya oʼtkazildi. Kegayli va Qoraoʼzak tumanlarida jismoniy faollik, ratsional ovqatlanish, sog’lom turmush tarzi, zararli odatlarning oqibatlari boʼyicha seminar taqdimotlar oʼtkazishda ishtirok etdi. Institutda oʼtkazilgan 5 muhim tashabbus boʼyicha sportning voleybol turi boʼyicha ayol-qizlar jamoasining respublika miqyosida II oʼrinni egallashida oʼz hissasini qushdi. OTM talabalari oʼrtasida oʼtkazilgan “Tafakkur sinovlari” koʼrik tanlovida I oʼrinni egallashida, talabalarning “Zakovat” jamoasining II oʼrinni egallashida va teatr studiyalarining sovrinli oʼrinlarni egallashida jonbozlik koʼrsatdi. Bundan tashqari kafedramiz professor oqituvchilari bilan birgalikda Qanlikol tumanida “Maʼrifat ulashib” tadbiri o’tkazildi.

 Talabalarning boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish maqsadida va ichki turizmni rivojlantirish buyicha muzeylarga sayoxat tashkillashtirildi. Institut professor oʼqituvchilari va talaba yoshlari 1000 qadam, 5000 qadam marafonlarida qatnashdi. Buyuk allomalar Аlisher Navoiy, Zaxriddin Muxammad Bobur tavallud ayyomlari keng turda nishonlanishida faol qatnashdi. Taniqli shoir va yezuvchilar, Oʼzbekiston kahramonlari Ibroim Yusupov va Tulepbergen Qaypbergenovlarning 95 yillik yubiley kechasi koʼtarinki ruhda oʼtishini tashkil etishda ishtirok etdi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com