«Kasb va yoshlar» ochiq muloqoti o‘tkazilmoqda!
03.05.2025 ПоделитьсяJoriy yilning 26-aprel sanasidan boshlab Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Xotin-qizlar kengashi raisi Z.Erimbetova tashabbusi bilan 2025-2026-o‘quv yili uchun qabul masalasi bo‘yicha «Kasb va yoshlar» ochiq muloqoti va targ‘ibot tadbirlari boshlandi.
➤ Uchrashuvlar davomida:
▪️ Prezidentimizning 2025-yil 14-martdagi PQ-103-sonli qarori mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda;
▪️ Yoshlarni kasbga yo‘naltirish va tibbiyot sohasida ta’lim olish imkoniyatlari haqida to‘liq ma’lumot berilmoqda;
▪️ Institutga qabul tartibi, talab va shartlar, fakultetlar haqida aniq va ishonchli ma’lumotlar yetkazilmoqda.
Qoraqalpog‘istonda yagona tibbiyot OTM – Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining:
🔹Zamonaviy moddiy-texnik baza
🔹 Ijodkor va bilimli talabalar
🔹 «Qizlarjon» to‘garagi faoliyati
🔹Fan olimpiadalaridagi yutuqlar
🔹 Talabalar uchun turar joylar va qulayliklar
🔹 Keng imkoniyatlar va muvaffaqiyatli kelajakka qadamlar!
📌 Yoshlar uchun muhim imkoniyatlar haqida to‘liq tushuntirildi.
Shuningdek, uchrashuvlarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish, institut va uning faoliyati bilan yaqindan tanishish, bevosita muloqot orqali motivatsiya olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube





