Yangiliklar

Kelajak soati rukni ostida Marifat darslari:

03.11.2025

👁 2 marta ko‘rilgan

Talabalar uchun “Xavfsiz hayot” darsi o‘tkazildi!

Bugun Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Kelajak soati” loyihasi doirasida yoshlar uchun amaliy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Z.Aleuov ishtirok etdi.

“Xavfsiz hayot” mavzusida o‘tgan darsda talabalar hayot xavfsizligini ta’minlash, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ozodalik, tartib-intizom va mas’uliyatli hayot kechirishning ahamiyati haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Tadbir davomida yong‘in, gaz, elektr va yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Kuz–qish mavsumida issiqlik tizimlaridan to‘g‘ri foydalanish, is gazidan zaharlanishning oldini olish va ijara uylarda xavfsizlik choralariga rioya etishning zarurligi tushuntirildi.

Shuningdek, institut tomonidan tuzilgan maxsus otryadlar tomonidan nosoz isitish tizimlarini ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Dars so‘ngida talabalar kichik guruhlarga bo‘linib, “Xavfsiz hayot” mavzusida o‘z fikr-mulohazalari, bilim va ko‘nikmalarini baham ko‘rishdi.

Bu kabi ma’rifiy mashg‘ulotlar — nafaqat xavfsizlik madaniyatini oshiradi, balki har bir talabaning hayotga mas’uliyat bilan qarashini shakllantiradi.

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com