Yangiliklar

«Kelajakka qadam» markazi doirasida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi

13.05.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Bugun, 13-may kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida PQ-61-sonli qaror ijrosi doirasida “Kelajakka qadam” markazi tomonidan amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish va zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Seminarni institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektoriM.Kurbanazarov ochib berdi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Markaziy bank vakillari — Begali Xolmirov va Elyor Ikramov va Milliy bank xodimlarida ishtirok etib, dolzarb mavzularda ma’ruzalar o‘qidi.

Tadbir davomida ishtirokchilar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, yaratilgan sharoitlarni yuqori baholashdi. Seminar yoshlar uchun amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi.

Seminarda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javoblar oldi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com