Yangiliklar

Kitob sahifalaridan sahna chiroqlarigacha: “Vavilonning eng boy odami”

16.09.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talaba-yoshlari Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida namoyish etilgan “Vavilonning eng boy odami” spektaklini tomosha qildilar.

Teatr tomoshasi davomida yoshlar inson hayotida mehnatsevarlik, bilim, mas’uliyat, to‘g‘ri qaror qabul qilish va moliyaviy savodxonlik kabi muhim qadriyatlarning o‘rni haqida badiiy talqin orqali tasavvurga ega bo‘ldilar.

Bunday madaniy tadbirlar talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning san’at va adabiyotga qiziqishini oshirish hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com