Maʼrifat_karvoni **** #Qoraqalpogʼiston🟢
31.05.2025 ПоделитьсяAyni damda Qoraqalpog’iston tibbiyot instituti majlislar zalida «Yangi O’zbekiston — yangi renessans poydevori» mavzusida seminar bo’lib o’tmoqda.
📜 Ushbu seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirish, milliy g‘oya asosida ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi farmoni, shuningdek, 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida tashkil etilgan bo‘lib, unda ikkinchi Renessans sari dadil harakatlar, yoshlar tarbiyasi, ilm-fan va ma’naviyat uyg‘unligi masalalari muhokama qilinmoqda.
📚 Tadbirda ishtirokchilar yangi davr mafkurasining asosiy tayanchi — ma’naviy uyg‘onish, ma’rifiy taraqqiyot va buyuk ajdodlar merosini tiklash yo‘lidagi davlat siyosati haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lmoqdalar.
Yangi O‘zbekiston – bu yangi tafakkur, taraqqiyot va ma’rifat poydevoridir!
▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube



