Yangiliklar

MAHALLADA PROFILAKTIK TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI

24.08.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti volontyorlari Nukus shahridagi «Xalqlar do‘stligi» MFYda bo‘lib, yoshlar yetakchisi hamda ijtimoiy himoya xodimlari bilan hamkorlikda aholi holidan xabar oldi.

Tashrif davomida mahallada yashovchi keksalar holidan xabar olinib, ularning salomatligi bilan bog‘liq holatlar o‘rganildi. Shuningdek, ehtiyojdan kelib chiqib zarur tibbiy ko‘riklar tashkil etildi va tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur tashrif aholi salomatligini muhofaza qilish, profilaktik tibbiy ko‘riklarni kengaytirish hamda mahalla darajasida tibbiy-ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com