Yangiliklar

«Maqom – san’atning gultoji» 🎶

11.04.2025

👁 4 marta ko‘rilgan

📍 Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida bugun 11-aprelda unutilmas madaniy tadbir – «Maqom – san’atning gultoji» nomli konsert tomoshasi bo‘lib o‘tdi! 🏛

Tadbirni institut rektori v.v.b Olimbay Xalimov ochib berdi.

Ushbu konsertda milliy musiqa san’atining betakror namunasi – maqom san’ati yuksak saviyada namoyish etildi. O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, jonli ijro va betakror chiqishlar talabalarda katta taassurot qoldirdi. Xususan “Xiva go‘zali”, “Tani maqom buzruk”, “Aydinlar” shunungdek “Poppuri” qo‘shiqlar talabalarning yuragidan joy oldi. 🎤🎻🎵

Tadbirning asosiy maqsadi – yosh avlodga milliy merosimizni sevdirish, maqom san’atining yuksak badiiy va ma’naviy qadriyatlarini targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.

🎼 Maqom – bu yuragimiz sadosi, xalqimizning ruhiy olamidir. Ushbu san’at turini asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish – barchamizning muqaddas burchimizdir.

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com