Yangiliklar

Marosimlarda me’yor va tejamkorlik

30.09.2026

2026-yil 30-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z. Erimbetova hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N. Jienbaeva tomonidan “Maromiylik” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida to‘y va oilaviy marosimlarni ixcham, me’yorida va ortiqcha dabdabasiz o‘tkazish, isrofgarchilikning oldini olish, shuningdek, milliy qadriyatlarimizga mos marosim madaniyatini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Suhbat jarayonida oilaviy marosimlarda tejamkorlik va me’yorni saqlash, ortiqcha xarajatlarning oldini olish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom va oqilona marosim madaniyatini qaror toptirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com