“Mening raqamli huquqlarim” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi
15.09.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talaba-yoshlari ishtirokida “Mening raqamli huquqlarim” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda institutning profilaktika inspektori va dekan o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Seminar davomida talabalarga raqamli muhitda o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz hamda mas’uliyatli foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, raqamli makonda turli tahdid va huquqbuzarliklarning oldini olish, muammoli holatlarga duch kelganda tegishli tartibda murojaat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.



