Yangiliklar

“MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I” SHIORI OSTIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

15.09.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlarning Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda fakultet dekan o‘rinbosari hamda Yoshlar yetakchisi ishtirok etdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining mazmun-mohiyati, unda aks etgan ramz va ranglarning ma’nosi, davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishning ahamiyati haqida fikr almashildi.

Tadbir yakunida talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, faol ishtirok etdilar.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com